Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi - Davlat korxonasida «Xalqaro standartlar va to‘rtinchi sanoat inqilobi» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

Photo

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Xalqaro standartlashtirish kuni munosabati bilan «O‘zstandart» agentligining Andijon hududiy tashkilotlari hamda Andijon mashinasozlik institutining «Standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlari» kafedrasi bilan hamkorlikda «Xalqaro standartlar va to‘rtinchi sanoat inqilobi» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ushbu ilmiy-amaliy seminarda viloyatdagi ishlab chiqarish va eksportyor korxonalarning vakillari, Andijon mashinasozlik institutining soha yo‘nalishidagi kafedrasining o‘qituvchilari va talabalari, magistrantlari, mahalliy ommaviy axborot vositalarining vakillari va Andijon standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasi mutaxassislari ishtirok etdilar. 
Seminar avvalida “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi”-davlat korxonasi direktori I.D. Qosimov so‘zga chiqib, barchani ushbu kasb bayrami bilan qizg‘in tabriklab, tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminarning dolzarbligi haqida ma’lumot berib o‘tdi: 

14 oktyabr Xalqaro standartlashtirish kuni - Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tashkil etilgan kun sifatida xalqaro miqyosda har yili keng nishonlanadi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – bu butun jahon mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan (xalqaro) standartlarni ishlab chiqish hamda standartlashtirish sohasida jahon miqyosida hamkorlik qilish bilan shug‘ullanadigan tashkilot bo‘lib, 1947 yili Jeneva shahrida tashkil qilingan. ISO tarkibiga kiruvchi milliy standartlashtirish tashkilotlar a’zolari soni 162 tani tashkil etib, “O‘zstandart” agentligi Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga 1994 yili a’zo bo‘lganligi xaqida aytib o‘tildi. Shuningdek, mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdardoshligini oshirish birinchi ustuvor vazifa bo‘lib, “O‘zstandart” agentligi va uning tashkilotlari tomonidan bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

O‘tkazilgan seminar davomida markaz va boshqarma mutaxassislari, institutning professor o‘qituvchilari hamda talabalarining seminar mavzusi yuzasidan taqdimot shaklidagi ma’ruzalari eshitildi. 
Seminar so‘ngida xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish va bu yo‘nalishlarda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar atrofida ham mulohazalar bildirilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga ma’ruzachilar tomonidan javob oldilar hamda faol ishtirok etgan ma’ruzachilar sertifikat va estalik sovg‘alari bilan takdirlandilar.





Video

Fuqarolarning murojaatlari

Davlat ramzlari

Sertifikatlashtirish
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi
Metrologiya
Sinov laboratoriya
Qo'shimcha hizmatlar
Bizning kadrlar

Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydal havolalar