2019 yil 11 yanvar kuni Andijon shahrida “Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari-respublika iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni va roli, faoliyatga yangicha yondoshuv hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida respublika seminari o‘tkazildi.

Photo

2019 yil 11 yanvar kuni Andijon shahrida, “O‘zstandart” agentligining Andijon sinov va sertifikatlashtirish markaz-davlat korxonasining majlislar zalida “Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari-respublika iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni va roli, faoliyatga yangicha yondoshuv hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida respublika seminari o‘tkazildi.
Tadbirda “O‘zstandart” agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasi rahbar-mutaxassislari, respublikamiz viloyatlaridagi barcha hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari-davlat korxonalarining sinov laboratoriyalari va sertifikatlashtirish idoralari boshliqlari, Andijon hududiy markazi mutaxassislari, mutasaddi viloyat tashkilotlari vakillari, shuningdek, yirik ishlab chiqarish korxonalarining sinov laboratoriyalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminarda ta’kidlanganidek, tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4059-sonli Qarorida belgilangan yangicha yondoshuvlar va ustuvor vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash choralarini batafsil muhokama qilish, shuningdek, Andijon hududiy markazining viloyat iqtisodiyotidagi o‘rni va roli hamda Davlatimiz rahbarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qarorini bajarish borasida amalga oshirilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish hamda sohaga doir muammolar haqida fikrlar almashish va ularning yechimiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. 
Seminarda ta’kidlanganidek, Davlatimiz rahbarining mazkur Qarori texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya milliy tizimini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash, sog‘liqni saqlash va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, yangicha yondoshuvni va ustuvor vazifalarni belgilab berdi. 
Seminar davomida uning ishtirokchilari “Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari - respublika iqtisodiyotini rivojlantirish-dagi o‘rni va roli, faoliyatga yangicha yondoshuv hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” haqidagi, shuningdek, Qarorda nazarda tutilgan sertifikatlashtirish tizimdagi yangiliklar va ularni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar, mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, sinov bazalarini takomillashtirish bo‘yicha vazifalarni hayotga tadbiq etish yuzasidan ma’ruzalarni tinglab, muhokama etishdi.
Seminarda sohaning mutaxassislari muhokama etilayotgan mavzular yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari sohaga doir muammolar haqida fikrlar almashishib, ularning yechimiga oid tavsiya va takliflarni bildirdilar. 

 



Video

Fuqarolarning murojaatlari

Davlat ramzlari

Sertifikatlashtirish
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi
Metrologiya
Sinov laboratoriya
Qo'shimcha hizmatlar
Bizning kadrlar

Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydal havolalar