Umumiy ma'lumotlar

Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi – Davlat korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 342-sonli qaroriga muvofiq, 2002 yil noyabr oyida “O‘zstandart” agentligining buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. “Davlat korxonalari to‘g‘risida Nizom” ga binoan 2007 yilning oxirida davlat korxonasiga aylantirilgan va markaz Nizomi Andijon shaxar hokimining 2007 yil 12 noyabrdagi 483-son qarori bilan qayta ro‘yxatga olingan. Markazning faoliyatiga umumiy rahbarlikni uning ta’sischisi hisoblangan “O‘zstandart” agentligi va uning qoshidagi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasi amalga oshiradi. 
Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasi (qisqartirilgan holda Andijon SSM-DK) o‘ziga yuklatilgan vakolat doirasida xududda mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish, metrologik xizmatlar ko‘rsatish, xalqaro standartlar asosida sifat tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishda maslahat xizmatlari ko‘rsatish hamda sifat tizimlarini sertifikatlash sohalari bo‘yicha faoliyat yuritadi. Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlariga, ushbu sohalarda agentlik va servis xizmatlari ko‘rsatadi. 
Bugungi kunda markazda akkreditatlangan fizik – kimyoviy va fizik – mexanik sinovlar laboratoriyasi, past kuchlanishli elektrotexnika maxsulotlarini sinash laboratoriyasi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘limi, o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv bo‘limi, sifatni boshqarish tizimlarni joriy qilish bo‘limi hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar mavjud. Shuningdek, markaz qoshida O‘zbekiston Respublikasi milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatlangan oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, yengil sanoat va tekstil mahsulotlarni, mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlarini sertifikatlashtirish idoralari hamda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish organi va sertifikatlashtirish jarayonida qo‘llaniladigan me’yoriy xujjatlar fondi faoliyat yuritmoqda. 



Video

Fuqarolarning murojaatlari

Davlat ramzlari

Sertifikatlashtirish
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi
Metrologiya
Sinov laboratoriya
Qo'shimcha hizmatlar
Bizning kadrlar

Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydal havolalar