Bo‘lim tarkibiga o‘lchash vositalarining 11 turi va 170 ga yaqin ta guruxi bo‘yicha qiyoslash ishlarini bajarishga ixtisoslashgan qiyoslash laboratoriyalari kiradi. Akkreditatlash doirasiga muvofiq, bo‘lim omonidan quyidagi o‘lchash turlari bo‘yicha qiyoslash ishlari bajariladi, bularga:
- geometrik kattaliklar
- massa;
- kuch va qattiqlik;
- bosim va vakuum;
- xarakat parametrlari;
- sarf va sig‘im;
- fizik kimyoviy va optik fizik;
- elektr kattaliklar;
- xarorat va issiqlik;
- vaqt va tebranish;
- zichlik o‘lchash vositalarini qiyoslash kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘lchash turlari bo‘yicha qiyoslash ishlari O`zDSt ISO/IEC 17025 va O`zDSt 8.006 standartlari talablari asosida akkreditlangan 7 ta qiyoslash laboratoriyalarida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda aholiga metrologik xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida maishiy gaz-hisoblagichlar va elektron elektr hisoblagichlarni qiyoslash laboratoriyalari tashkil etilgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, bo‘limda o‘lchash vositalarini va sinov jixozlarini, elektro-energiyasi sarfini xisobga olishni avtomatlashtirilgan tizimini metrologik attestatlash ishlari amalga oshiriladi. Bo‘lim tomonidan ko‘rsatilayotgan metrologik xizmatlarni tez va sifatli bajarish hamda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, o‘lchash vositalarini joylarda qiyoslashdan o‘tkazishda servis xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Ko‘rsatilayotgan xizmat turlari bo‘limning 15 nafardan iborat malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
“Metrologiya bulimi” boshligi
Ismoilov O'tkirbek Mahmudovich
Telefon: 8 (374) 223-87-80